35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida

Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida

📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan mikroloyihalarning joylardagi holati o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mikroloyihalarning amalga oshirilishi, ajratilgan imkoniyat va resurslardan maqsadli foydalanish, shuningdek, ularning aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
📌Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabrdagi «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi PF-143-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, mikroloyihalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
📌Shuningdek, mikroloyihalarning amaliy natijadorligini oshirish, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan choralarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
👉Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar va deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5