Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari sayyor qabulda ko‘rib chiqildi

📌Fuqarolar murojaatlari sayyor qabulda ko‘rib chiqildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, Sh.Yuldashev, Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A.Boliyev hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

🌀 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya tizimi, nafaqa va moddiy yordam tayinlash, Narpay tumani TIEK faoliyatiga oid masalalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, uy-joy bilan bog‘liq muammolar hamda boshqa dolzarb murojaatlar yuzasidan ko‘plab masalalar ko‘tarildi.

▶️ Murojaatchilar tomonidan bildirilgan har bir masala atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokamalar olib borildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

➡️ Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4