Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ISITISH TIZIMLARI NAZORATDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi hamda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 11-bandi — kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan Lutfiy mahallasidagi 4-uyda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uyda kuz-qish mavsumini betalofat va barqaror o‘tkazish uchun muhim bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimi, ichki isitish tarmoqlari, radiatorlar, quvur liniyalari, issiqlik uzatish uzellari hamda umumiy foydalanishdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish tizimlarining texnik holati, mavsumga tayyorgarlik darajasi, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish, issiqlik energiyasidan samarali foydalanish va xonadonlarda qulay haroratni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijasida Lutfiy mahallasidagi 4-uyda isitish tizimi kuz-qish mavsumiga tayyor, zarur sharoitlar yaratilgan va tizimlar shay holatda ekani qayd etildi.

Deputat tomonidan ko‘p kvartirali uyda yashovchi aholi uchun issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, mavjud muhandislik tarmoqlarini soz holatda saqlash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik — aholi xotirjamligi va qulay yashash sharoitining muhim kafolatidir!

Slide 1 of 5