Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahalladagi bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratildi

“Gulbog'” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov tomonidan 15-“Gulbog'” saylov okrugiga qarashli mazkur mahallada hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 15-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari asosida olib borildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

Mahalladagi xonadonbay ishlar, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ishsiz fuqarolarni ishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Joylardagi o‘rganishlar davomida fuqarolar xonadonlariga kirib borilib,pomidorchilik, issiqxona xo‘jaligini yuritayotgan, limonchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Ular bilan muloqotda mavjud sharoitlar, faoliyatni kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalar va kelgusidagi ehtiyojlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1