Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari Murotova Lola Ne’matjon qizi va Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan tumandagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani “Ro‘y-rost” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida parvarish xizmati faoliyatini tashkil etish holati o‘rganildi.
Mazkur “Yangi kun” kunduzgi parvarish xizmatining tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-son “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.
Ushbu qaror bilan nogironligi bo‘lganlar uchun kunduzgi parvarish xizmatini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish va moliyalashtirish tartibi belgilangan.
Shuningdek, mazkur xizmatni tashkil etishning huquqiy mexanizmi doirasida davlat sherigi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari, xususiy sherik sifatida esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishi belgilangan.
O‘rganish davomida xizmat oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, parvarish xizmatining tashkil etilishi, mavjud imkoniyatlar va xizmatlar sifati bilan tanishildi.
Deputatlik nazorati — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4