Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
YANA BIR MUHIM LOYIHA — DEPUTAT TASHABBUSI BILAN QO‘SHIMCHA G‘OLIB!

Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va saylovchilar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-sonli hamda 2026-yil 29-iyundagi PQ-243-sonli qarorlari asosida deputatlarga tashabbusli budjet jarayonlarida g‘olib bo‘lmagan, biroq aholi uchun muhim va hudud rivojiga bevosita xizmat qiladigan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida tanlash imkoniyati berilgan.
Shu asosda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 71-Toshkent shahar saylov okrugi deputati Axmedov Durbek Qudratillayevich tomonidan aholining manfaatlari va hududdagi mavjud ehtiyojlar inobatga olinib, Chilonzor tumanidagi 309-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq loyiha deputat tanloviga asosan “Ochiq budjet” elektron axborot portalida qo‘shimcha g‘olib deb topildi. 🏆
⭐️ Eng muhimi — mazkur loyiha respublika budjetidan moliyalashtiriladi!
Ushbu tashabbus natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik va infratuzilmaviy holatini yaxshilash, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish imkoniyati kengayadi.
Bu — xalq vakili va saylovchilar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning yana bir yorqin natijasi!