Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

📍 Navbahor mahallasida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 1-band ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Navbahor mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi Bakiyev Bahrom Faxriddin o‘g‘lining amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.
📊 Joriy yilda mahallada 35 nafar yosh bitiruvchining kelgusi ta’lim va bandlik masalalari bo‘yicha holati o‘rganildi.
🎓 Ularning:
11 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi;
19 nafar yoshning ta’limga kirish jarayoni davom etmoqda;
qolgan bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Deputat Murotova Lola Ne’matjon qizi yoshlar bilan ishlashda har bir bitiruvchining kelgusidagi ta’limi, kasb egallashi va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda munosib ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.
Yoshlar kelajagi — mahalla va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir!

Slide 1 of 2