Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLAR FAOLIYATI - AHOLI MUAMMOSI AMALIY YECHIMDA!

Bugungi kunda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bo‘zatov tumanida ham xalq deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayotiga bevosita ta’sir etayotgan masalalar o‘rganilmoqda. Ayniqsa, ichki yo‘llar, obodonlashtirish, infratuzilma va aholi uchun qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar deputatlar e’tiborida bo‘lmoqda.
Jumladan, xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi 11-sonli “Ko‘kshiel” saylov okrugidan saylangan deputat B.Nurlimuratova tomonidan "Erkindaryo" OFY Ko‘kshiel massivi "Dobal" ovuldagi ichki yo‘lning holati o‘rganilib, ushbu masalani hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Aholi uchun ayniqsa muhim bo‘lgan ushbu yo‘lning ta’mirtalab holati fuqarolarning kundalik harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Ushbu masala deputatlik faoliyati doirasida ko‘tarilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimga yo‘naltirildi.
Natijada "Dobal" ovulidagi 450 metr ichki yo‘l ta’mirlanib, aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
E’tiborlisi, ushbu natija aholi murojaatini shunchaki o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, uning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik faoliyatining yana bir samarasi bo‘ldi.
Bunday ishlar hududlarda aholi bilan doimiy muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etishda deputatlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatmoqda.