Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATI KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI O‘RGANILMOQDA

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan 2026-yil 16-sentabr kuni mahallada fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida ko‘chama-ko‘cha yurish orqali xonadonlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida xonadonlarga kirib, fuqarolarning ijtimoiy va maishiy sharoitlari, oilaviy holati, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda kundalik hayotida duch kelayotgan masalalari yuzasidan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
🗣 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni va dolzarbligi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar olindi. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan oilalar, infratuzilma, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
📒 O‘rganish davomida aniqlangan muammolar va fuqarolarning murojaatlari deputatlik daftariga qayd etildi. Har bir murojaatning ijrosi va yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
🤝 Aniqlangan muammolarni manzilli o‘rganish, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish, ularning hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📌 Bunday bevosita muloqotlar orqali fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda aniqlash, murojaatlarni ortga surmasdan tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning amaliy yechimiga erishish maqsad qilingan.

Slide 1 of 2