Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat R.Fozilovaga biriktirilgan kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Madaniyat MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi I.Xo'jamqulov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
💼 Jumladan, 28 nafar fuqaroga jami 407 mln so'm kredit mablag'i ajratilishiga ko'maklashgan.
👥 2026-yil davomida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar asosida 140 nafar fuqarolarni bandligi ta’minlangan.
🤝 Mahalladagi “Jamg‘arma reyestri”da ro‘yxatda turuvchi jami 3 ta oliga tadbirkorlik qilishi uchun 76 mln imtiyozli kredit ajratilgan..
🎓 Shuningdek, 11 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirilib, ulardan 11 nafari 3 oylik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.
🧵 Bundan tashqari, 4 nafar fuqaroga subsidiya, 11 nafar fuqarolarga ssuda ajratilgan.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.