Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#Fuqaro_muamosi
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Gulbog'" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbog saylov okrugidan saylangan deputat I.Xalmatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Gulbog" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlik hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 1