Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
QO'RIQ QISHLOG‘IDA OILANING IJTIMOIY VA OILAVIY SHAROITI MANZILLI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Qo'riq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Shodiyeva Sevaraning oilaviy va ijtimoiy sharoiti mahalla vakillari bilan hamkorlikda manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, mavjud ijtimoiy va maishiy holati, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari hamda qo‘shimcha ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oila a’zolarining muammolari tinglanib, oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, daromad manbaini ko‘paytirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aniqlangan masalalarni mahalla mutasaddilari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqaroni mavjud imkoniyatlar bilan bog‘lash hamda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor — oiladagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, ehtiyojlarni to‘g‘ri baholash va amaliy ko‘mak orqali oilaning farovonligini oshirishga qaratildi.

Slide 1 of 2