Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
TA’LIMGA OID QONUNCHILIK TALABLARI IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunchilik hujjatlarining ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda ta’lim jarayonining qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi, o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash, pedagog xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining belgilangan tartibda olib borilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, davomatni nazorat qilish, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim muassasasida ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi masalalari ko‘zdan kechirildi.

Pedagoglarning faoliyati, dars jarayoniga tayyorgarligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar hamda ta’lim sifati bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida qonunchilik talablariga rioya etilishini yanada kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunchilik talablarining amalda bajarilishi va berilgan tavsiyalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2