Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda

#kengash_qarori_ijrosi
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda

O'rganishlar doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan ko'p qavatli uylarni uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'lar doirasida amalga oshirilgan ishlar holati ko'zdan kechirildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari uchun jami 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, shundan 100 mln so‘mi mahalliy budjet mablag‘lari, 100 mln so‘mi esa boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Rejaga muvofiq, jami 21 ta ko‘p kvartirali uyda 9 ta kirish yo‘laklarini, 4 ta elektr taqsimlovchi shitlarni, 15 ta uyning fasad qismini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Bugungi kunga qadar 16 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, 9 ta kirish yo‘lagi, 4 ta elektr taqsimlovchi shit, 10 ta uyning fasad qismi ta’mirlanganligi ma'lum qilingan.
Shuningdek, ushbu ta’mirlash ishlariga boshqaruv servis kompaniyalari hisobidan 4,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflanganligi qayd etildi.
O‘rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ko‘p kvartirali uylarda yashovchi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
✅Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3