Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida Shampan MFY hududida joylashgan “VERTEX” MCHJ faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
📌 Ma’lum qilinishicha, “VERTEX” MCHJ trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 150 ming dona mahsulotni tashkil etadi.
📌 Ayni vaqtda korxonada 100 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Bu esa hudud aholisini, xususan, xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash va ularning bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📌 Korxonada ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarining asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, mahsulotlar asosan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga eksport qilinmoqda.
📌 O‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda eksport hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, korxona faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va hududda bandlikni ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, bandlik ko‘rsatkichlari, investitsion imkoniyatlari hamda eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlar monitoringi davom ettiriladi.
💩 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan hududlarda tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5