Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KENGAYTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tomonidan tumanimizning Zarkent, So‘qoq, Novdak va Nomdanak hududlarida mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish, har bir xonadon va har bir fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mahallalarda ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning qiziqishi, kasb va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mahalla faollari, hokim yordamchilari va mas’ul mutasaddilar oldiga har bir xonadon bilan individual ishlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ayniqsa, hududlarning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, kichik biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
➡️Uchrashuvlar davomida “har bir oila — daromadli, har bir fuqaro — band” tamoyili asosida ish olib borish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 7