Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat partiya tashkiloti raisi o‘rinbosarlari Sh.Karichayev, Sh.Mamatboyeva 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, pedagoglar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida maktab direktori M.Abdurahimova hamrohligida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, mavjud sharoitlar va ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi. Ushbu Qonun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan bo‘lib, pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

Qonunning 5-moddasida ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi belgilangan. Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga asossiz aralashish, uni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni talab qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

O‘rganish davomida maktabdagi mavjud holatga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lgan jihati o‘quvchilar sonining belgilangan quvvatdan sezilarli darajada yuqoriligi bo‘ldi. Jumladan, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1 150 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda bu yerda 2 100 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Bunday holat ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yetarli va qulay sharoit yaratish, shuningdek pedagoglarning kasbiy faoliyatini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga yanada e'tiborli yondashishni talab etadi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yaxshilash masalalarini deputatlik nazorati doirasida davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 7