Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tomonidan tumanning “Qoraboy” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi E.Anuarova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish hamda daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, ishlash istagida bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

🔻Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga mavjud imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushuntirishlar berish, ularni tegishli dasturlarga jalb etish hamda yangi daromad manbalarini yaratishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi. O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisining har bir ishsiz yosh bilan manzilli ish olib borishi, ularning bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlashi va ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishi zarurligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va to‘garaklarga jalb qilish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1