35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR: 15 NAFAR FUQARO ISH BILAN TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich rahbarligida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash,xotin-qizlar va yoshlar bandligini oshirishga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.Tuman hududida joylashgan “Elastikum” MCHJ korxonasida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tegishli mutasaddilar, ish izlayotgan xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdi.Yarmarka davomida fuqarolarga korxonaning faoliyati, ish jarayonlari hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ish izlayotgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar asosida ishga joylashish imkoniyatlari tushuntirilib, ularning bandligini ta’minlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.Yarmarka yakunida 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, ular ish bilan ta’minlandi.Aholini, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga jalb etish, ishsiz fuqarolarni munosib mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 10