35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat – tuman hokimi J.Axmedov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi.

🔺Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, ularni hal etishda amaliy ko‘mak so‘radilar.

Jumladan, ayrim fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan masalalarni bildirib, ushbu jarayonda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘radilar.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga va moddiy ko‘makka muhtoj fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish masalasida murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlarni o‘rganishda fuqarolarning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, amaldagi imkoniyatlar doirasida manzilli yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi tomonidan bildirilgan yana bir muhim masala — imtiyozli kreditlar ajratish bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur kreditlardan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolarga tegishli tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirish berish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, mahallada sanitariya va obodonlik masalalari, xususan, maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqib ketish bo‘yicha ham murojaatlar o‘rganildi. Aholi uchun qulay va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, tozalikni saqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

🔺Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berilib, masalalarning ijobiy hal etilishi nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4