Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

️Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahridagi “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Baxmalbop, Baxmalbop 1-tor, Naymancha hamda Dastarbop ko‘chalaridagi jami 68 ta eskirgan elektr uzatish tayanchlarini (simyog‘ochlarni) yangilash masalasi ko‘tarilgan edi.

Murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan mazkur hududdagi elektr tarmoqlari va tayanchlarning mavjud holati joyiga chiqib o‘rganilgan.

Taqdim etilgan rasmiy javobda aholiga kuz-qish mavsumida barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash hamda mavjud noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida hududdagi 68 ta eskirgan tayanchlarni bosqichma-bosqich yangilash va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

️Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun tegishli obyektlarni kelgusi yillar uchun shakllantiriladigan manzilli dasturlarga kiritish, moliyalashtirish manbalarini belgilash va ajratiladigan mablag‘lar doirasida ishlarni ketma-ket amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu masala doimiy nazoratda bo‘lib, simyog‘ochlarni yangilash va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi