Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Turkiston” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolarining murojaatlari tinglanib, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Xususan, Maxram ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida bolalar maydonchasini tashkil etish masalasida mahalla fuqarolari tomonidan murojaat qilindi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani tegishli tartibda o‘rganish hamda bolalar maydonchasini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5