Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xotin-qizlar bandligi va faolligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Mamatkulov tomonidan 28-"Shikorbegi" saylov okrugi hududidagi "Muqimiy shaharchasi" mahallasida xotin-qizlar faoli U.Xasanovaning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Muqimiy mahallasida jami 2 400 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan 198 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ayni vaqtda 2 nafar xotin-qiz kasb-hunar kurslarida tahsil olib, yangi kasblarni egallamoqda. Shuningdek, 6 nafar xotin-qizning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, 15 nafar xotin-qiz hokim yordamchisi bilan hamkorlikda ishga joylashtirilib, doimiy bandligi ta’minlangan.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2