Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

#162_ta_qonun
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga 16-Xuvaydo saylov okrugidan saylangan deputat Makarov Qaxramon Ergashevich tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Chimyon oilaviy poliklinikasi patronaj hamshiralari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hududdagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati atroflicha o‘rganilib, xususan:
🔹 aholining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bilan qamrab olinganlik holati;
🔹 tibbiyot muassasasiga biriktirilgan aholi soni;
🔹 fuqarolarning tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 tibbiyot muassasasining ish vaqti hamda shifokorlarning qabul jadvali asosida ishlarning tashkil etilishi;
🔹 fuqarolarning navbatsiz yoki asossiz kutib qolishiga sabab bo‘layotgan holatlar;
🔹 olis hududlarda yashovchi, tibbiyot muassasasiga mustaqil bora olmaydigan fuqarolarga uyiga borib tibbiy xizmat ko‘rsatish holati fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
✅Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐E-Kengash.uz

Slide 1 of 2