Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
#Buloqboshi #20Maktab #SharqYulduzi #YangiOquvYili #DeputatTashrifi

Buloqboshi tumanidagi 20-maktabida yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda, bayramona shukuhda boshlandi. Ushbu quvonchli tadbirda 17-“Sharq Yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Karimov ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi.
Tadbir davomida so‘z olgan deputat yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ularning zamonaviy ilm-fan cho‘qqilarini egallashiga qaratilayotgan yuksak e’tiborga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, maktab o‘quvchilariga o‘qishlarida ulkan zafarlar, azmu shijoat va qat’iyat tilab, o‘zining samimiy dildan chiqqan tilaklarini yo‘lladi.
Bilim dargohiga ilk bor qadam qo‘yayotgan birinchi sinf o‘quvchilariga alohida quvonch bag‘ishlagan ushbu bayram barchada unutilmas taassurot qoldirdi.
Yosh avlodning bilimli, yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishi yo‘lidagi ezgu ishlar Sharq Yulduzi okrugida ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.

Slide 1 of 5