Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Navro‘z” mahallasiga birikitirilgan ijtimoiy xodim Sh.O‘rmanovaning faoliyati, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida e’tibor va ko‘makka ehtiyoj sezadigan fuqarolar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada nogironligi bo‘lgan 96 nafar fuqaro istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mahalladagi aholining ijtimoiy holatini baholash va manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 68 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ayni paytda yana 28 nafar fuqaroni ijtimoiy reyestrga kiritish masalasi bo‘yicha zarur ma’lumotlar to‘planmoqda.

🔺Deputat tomonidan mazkur jarayonda fuqarolarning ijtimoiy holatini xolisona o‘rganish, ularning ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash va haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni belgilangan tartibda ijtimoiy reyestrga kiritish muhimligi ta’kidlanib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijtimoiy xizmatlarni har bir ehtiyojmand fuqaroga manzilli yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 2