Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_faoliyati Deputat — xalq bilan: murojaatlar va muammolar e’tiborda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
#_kotibiyat_faoliyati
Deputat — xalq bilan: murojaatlar va muammolar e’tiborda

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “8-G‘alaba” saylov okrugidan saylangan deputat Melikov Hojiakbar Qurbonovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Bog‘ishirin” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammo va murojaatlar batafsil tinglandi. Ayniqsa, kommunal xizmatlar sohasidagi mavjud kamchiliklar, aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimini topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, har bir muammoning yechimini topish va xalq vakillari sifatida saylovchilar oldidagi mas’uliyatni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Slide 1 of 2