Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Shahidlar xotirasi yod etildi: deputat ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

 Shahidlar xotirasi yod etildi: deputat ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Mavlon Boboxonov Samarqand viloyat sudida tashkil etilgan shahidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirida ishtirok etdi.

🇺🇿 Tadbir davomida Vatan ozodligi, mustaqilligi va xalq erkinligi yo‘lida qatag‘on qurboni bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, ularning mardligi va fidoyiligi ehtirom bilan tilga olindi. Shuningdek, jadid adabiyotining yorqin namoyandasi Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodi va milliy ma’naviyatimizdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

📍 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudi sudyasi Qizlarxon Agzamova tomonidan adibning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruza qilinib, viloyat sudi sudyasi Hulkar Keldiyorova hamda sudya katta yordamchisi Sitora Yo‘ldosheva tomonidan “Mehrobdan chayon” asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

♾ Tadbir doirasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovida ishtirokchilar “Haqiqat”, “Nafosat” va “Adolat” jamoalari tarkibida bellashdilar. Tanlov jarayonini olib borgan Mavlon Boboxonov kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

⚡️ Tanlov yakunida g‘olib jamoalar taqdirlanib, barcha ishtirokchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi va intellektual salohiyati munosib e’tirof etildi.

⚡️ Tadbir milliy xotirani asrash, ma’naviy merosimizni ulug‘lash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 3