Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi Yettinchi chaqiriq o'ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi Yettinchi chaqiriq o'ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📌 2026-yil 21-avgust kuni Kengashlar uyida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Sessiyani Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.

✔️ Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

⁉️ Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

✅ Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida mavjud imkoniyatlar hamda ichki zaxiralarni safarbar etish orqali hududlarni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash to‘g‘risida;
✅ Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “ShIFO-1” loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini tizimli takomillashtirish konsepsiyasini ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida;
✅ Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 2-iyundagi mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida.
✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2024-yil 28-noyabrdagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-2-011-7-0-K/24-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida

➡️ Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglandi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida masalalar atroflicha muhokama qilinib, mutasaddilarga qator savollar berildi.

⚡️ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar hududlarni kompleks rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 10