Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 1-Oqoltin saylov okrugidan saylangan deputat Choriyeva Dilfuza Aliyarovnaning saylov okrugiga qarashli "Muzrabot darvoza" mahallasida bo‘lib
mahalla raisining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, sayyor qabullar o‘tkazish hamda xonadonbay o‘rganishlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Jumladan, hisobot davrida 67 nafar fuqaro shaxsiy va sayyor qabul qilingan bo‘lib, aholidan 70 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 27 tasi ijobiy hal etilgan, 16 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan, 4 tasi nazoratga olingan. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan 23 ta muammo joyida hal etilgan.

Fuqarolar murojaatlarida asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, gaz, obodonlashtirish, moddiy yordam, bandlik, uy-joy, tibbiy xizmat hamda ijtimoiy nafaqalar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.

Murojaatlarning har biri bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularning ijrosi muntazam nazoratga olingani mahalla faoliyatida aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etishga amaliy yondashuv shakllanganini ko‘rsatadi.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yanada kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1