Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi oilaviy va ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda turli salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

Bundan tashqari, mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi, hududning sanitariya holati, ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat davomida aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputat M. Salimova tomonidan mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1