Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA

2-sentyabr kuni Muzrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-“Yangiyer” saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan birgalikda “Yangiyer” mahallasidagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sinfxonalarning tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi, maktab jamoasi oldida turgan vazifalar va o‘quvchilarga munosib ta’lim-tarbiya berish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, yosh avlodning bilim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

“Bilimlar kuni” tadbiri yakunida maktabning 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, yutuqlar va ezgu maqsadlar sari dadil qadamlar yili bo‘lishi tilandi.

Slide 1 of 3