Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“BILIMLAR KUNI” — YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN!

Andijon pedagogika texnikumida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova, Andijon viloyati soliq boshqarmasi vakili, pedagog xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir Davlat madhiyasining jonli ijrosi va milliy an’analarimizga xos karnay-surnay sadolari bilan boshlandi.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar va ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiq, ifodali she’rlar va jozibador raqslar bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Slide 1 of 5