Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
QUYITOSH MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O‘RGANILDI

O‘rganish davomida aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etishda kamchiliklar, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda yetarlicha tizimli yondashuv mavjud emasligi tanqidiy nuqtai nazardan qayd etildi.
Xususan, aholi murojaatlari va xonadonlardagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar “Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish” deputat kitobiga tegishli tartibda qayd etildi.
Muammolarning har biri bo‘yicha mas’ullarni belgilash, ularni bartaraf etish muddatlarini aniqlash hamda ijrosini nazoratga olish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari va ijtimoiy xodimga aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, mavjud muammolarni qog‘ozda emas, amaliy natija asosida hal etish hamda har bir murojaatning yakuniy natijasini nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3