Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
35 yillik shonli yo‘l — yangi marralar sari!

Aziz yurtdoshlar, hurmatli 2-Charx Kamolon hamda 3-Charx Kamolon mahallasi fuqarolari!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayramlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy qadriyatlari va boy ma’naviy merosini asrab-avaylashi, kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etish imkoniyatidir. O‘tgan yillar davomida yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, xalqimizning farovon hayoti uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun bizning eng katta boyligimiz — yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va osoyishtaligidir. Ana shu bebaho ne’matni asrab-avaylash, Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Deputat sifatida xalqimiz bilan muloqotlarda doimo bir haqiqatga amin bo‘laman: yurt taraqqiyotining eng muhim mezoni — inson qadri va uning munosib hayot kechirishidir. Har bir oilaning farovonligi, yoshlarimizning kelajakka ishonchi, keksalarimizning xotirjamligi biz uchun eng katta qadriyatdir.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam bo‘lsin!
O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy va mustahkam bo‘lsin!
Barchangizni yana bir bor Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿

D.Maxmudova
Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati