35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan ishlash istagidagi, biroq ishga joylashishda ayrim to‘siqlarga duch kelayotgan bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida bitiruvchilarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan masalalar o‘rganilib, ularning sabablari yuzasidan fikr almashildi.

Individual suhbatlar yakunlari asosida har bir yoshning murojaatidan kelib chiqib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3