35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

📚 ILK QADAM, ULKAN ORZULAR: BANDIXONDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI!

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangi yangrab, yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi.

Ayniqsa, tumandagi 2 115 nafar bolajonning ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygani ushbu kunni yanada unutilmas va hayajonli bayramga aylantirdi. Ularning qo‘llarida gul, qalblarida esa katta orzular bilan maktab sari yo‘l olgani — yurtimiz kelajagining yorqin ifodasidir.

Bandixon tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan Bilimlar kuni tadbirlarida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati,tumani hokimi Abdumalik Allamuradov ham ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, Prezidentimizning o'quvchi yoshlar hamda ustoz murabbiylarga tabrigini o'qib eshittirdi.

“Bugun yurtimizda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Siz, aziz o‘quvchilar, ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta bilim olishingiz, ustozlaringizning ishonchini oqlashingiz va kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingiz kerak. Ishonamizki, sizlarning har bir yutug‘ingiz Vatanimizning ertangi kuni uchun mustahkam poydevor bo‘ladi”, — dedi tuman hokimi Abdumalik Allamuradov o‘z tabrigida.

1-sinfga ilk qadam qo‘ygan barcha bolajonlarga Prezident sovg‘asi — zarur o‘quv qurollari to'plamlari hamda barcha umumta'lim maktablariga kitoblar jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi.

🔔 Bugun jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” nafaqat yangi o‘quv yilining, balki minglab bolajonlarning katta orzular sari ilk qadamining ramziga aylandi.

Aziz o‘quvchilar! Yangi o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin! Ilmingiz ziyoda, orzularingiz ulkan, kelajagingiz porloq bo‘lsin! 

Slide 1 of 10