Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan “Tolbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida hokim yordamchisi G.Xatanova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.Jumladan, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanish holati, amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi hamda yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy samarasi o‘rganildi.Deputat tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida chorvachilik yo‘nalishida ajratilgan 30 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyiha bevosita xonadonga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur mablag‘ hisobidan fuqaro qo‘ylar xarid qilib, chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.Shuningdek, xarid qilingan chorva mollari, kredit mablag‘larining maqsadli sarflangani va loyihaning amaldagi faoliyati joyida o‘rganildi.Nazorat natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan loyihada ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilayotgani, fuqaro tomonidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda loyiha orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratilayotgani aniqlandi.Shuningdek, mahallada aholi bandligini yanada oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Joyiga chiqib o‘tkazilayotgan bunday deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy natijasini baholash,mavjud muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etishga qaratilgan.  

Slide 1 of 4