Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
KENGASH DEPUTATLARI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, xalq manfaati yo‘lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi”esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari ham bor.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Parkent tumani bo‘limi boshlig‘i Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Usipxodjayev Yerlan Ormanovich “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.Mazkur yuksak e’tirof deputatlarning asosiy mehnat faoliyatidagi samarali faoliyati bilan bir qatorda, jamoatchilik asosida amalga oshirib kelayotgan deputatlik faoliyatiga ham berilgan munosib bahodir.Deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolar bilan muntazam muloqot qilib,aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda hudud rivojiga daxldor masalalarni hal etishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!  

Slide 1 of 4