Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan “Beshkappa” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla ijtimoiy xodimi Turg‘unova Muslima faoliyati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi.Nazorat-tahlil jarayonida yolg‘iz keksalar,nogironligi bo‘lgan shaxslar, kambag‘allik chegarasidagi va kambag‘al oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yordamlarning manzilli yetkazilishini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, “Beshkappa” MFY hududida 114 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. O‘rganish davomida mazkur fuqarolarning belgilangan tartibda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.Shuningdek, 2026-yilning o‘tgan davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilgan yordamlar ham tahlil qilindi.Jumladan, 1 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanoma rasmiylashtirilgan,
ehtiyojmand fuqarolar POMRT mahsulotlari bilan ta’minlangan hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan 10 ta oilaga oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari yetkazib berilgan.Deputatlik nazorati davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, shuningdek, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda mavjud davlat ko‘maklaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 2