Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.MAHALLA MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan hududdagi “Tolbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etdi.Uchrashuv davomida “Tolbuloq” MFY raisi M.Ashirqulov tomonidan 2026-yilning joriy davrida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Shuningdek, hududda mavjud muammolar,aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Muloqot davomida deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning savollariga javob berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tingladi.Uchrashuvda fuqarolar tomonidan “Tolbuloq” MFY hududida 2026-yilda dastur doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, jumladan, eski simyog‘ochlarni almashtirish va ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalalari ko‘tarildi.Aholi mazkur ishlar hali boshlanmaganligini bildirib, ularni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab deputatga murojaat qildi.Mazkur murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish belgilandi.Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hududdagi muammolarni bevosita o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Slide 1 of 6