Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI YOSHLAR VA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 24-“Rayhon” saylov okrugi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning murojaatlarini o‘rganish va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish, fuqarolar va yoshlarning murojaatlariga o‘z vaqtida amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda mahallada yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3