Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
IJTIMOIY XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim D.Yusupova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning murojaatlarini hal etish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Xususan, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro M.Ergashevaning farzandini bepul maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, u ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatdan mamnunligini bildirib, ijtimoiy xodim D.Yusupovaning amaliy yordamidan minnatdor ekanligini ta’kidladi.

Fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar ijobiy baholandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3