Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida 2026-yil 19-avgustdagi 114-ds-295-26-sonli murojaat asosida Qo‘qon shahar “Parpashabof” MFY hududidagi “Obod yurt ko‘chasini asfaltlashtirish” masalasi ko‘tarilgan edi.

Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Axmedov imzosi bilan berilgan javob xatida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori hamda Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan tegishli dastur va manzilli ro‘yxatlar asosida hududlarda obodonlashtirish hamda infratuzilma ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Qo‘qon shahri bo‘yicha aholining ichki yo‘llarni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, 2026-yil uchun ajratilgan mablag‘lar shaharda mavjud bo‘lgan barcha MFYlarning ichki ko‘chalarini qisman bo‘lsa-da ta’mirlashga yetarli bo‘lishi uchun Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan har bir MFYdan bittadan ko‘cha ta’mirlanishi ma’qullangan.

Shunga ko‘ra, 2026-yil uchun tasdiqlangan dastur va manzilli ro‘yxatlarga “Parpashabof” MFYning Obod yurt ko‘chasi kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur yo‘lda belgilangan tartibda asfaltlashtirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi