Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "6-Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev tomonidan “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Moxitabon” ko‘chasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud suv qudug‘i va suv minorasining texnik holatini o‘rganish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yoki mavjud inshootdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda yangi suv minorasi o‘rnatish yuzasidan 2026-yil 17-avgust kuni 64-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.

✅Mazkur deputat so‘roviga Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyev tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

✅O‘rganishlar davomida “Zafarobod” MFY hududidagi “Moxitobon” ko‘chasida 1977-yilda qazilgan ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan suv minorasining texnik holati qoniqarsiz va ta’mirtalab ekanligi aniqlangan.

✅Mazkur ichimlik suvi inshooti “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tuman bo‘limi tasarrufida bo‘lib, inshootning avariya holatiga kelib qolganligi sababli uni qayta tiklash va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

✅ Hozirgi kunda suv minorasida kosmetik bo‘yash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan mazkur inshootni mukammal ta’mirlash ishlarini 2026-yil sentabr oyi yakuniga qadar to‘liq yakunlash ma’lum qilingan.

Slide 1 of 1