Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 29-yanvardagi VII-17-10-12-0-K/26-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Manzilli dastur” doirasida Shovot tumanida qator bunyodkorlik va obodonlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bunyodkor MFY hududidan o‘tgan R. Polyazov zovurining 0,6 km qismini yopiq-yotiq drenaj qilish orqali ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskani tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamkorligida joyiga chiqib o‘rganildi.
Ayni paytda loyiha doirasidagi ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etadi.
Loyiha doirasida:
·         zovurning 0,6 km qismini yopiq-yotiq drenaj qilish;
·         piyodalar yo‘lagini barpo etish;
·         tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
·         hududning elektr ta’minotini yaxshilash;
·         aholi uchun zamonaviy ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskanini tashkil etish
kabi ishlarni amalga oshirish belgilangan.
Ushbu loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi hududning obodonlashtirilishiga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Deputatlar tomonidan hududda qonun hujjatlari va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

Slide 1 of 6