Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA

📌 Hamkorlik uchrashuvi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Nurjanova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldilar.
🤝 Tashrif davomida tibbiyot birlashmasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔎 O‘rganish davomida:
— tibbiyot muassasasidagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi;
— aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi muhokama qilindi;
— mavjud muammo va takliflar o‘rganildi;
— aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
📋 Deputatlik nazorati va hamkorlikning asosiy maqsadi — aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini topishga ko‘maklashishdan iborat.
Hamkorlik — muammoni aniqlashdan uning yechimi sari muhim qadam!