35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Shu maqsadda, shahar hududidagi ta’lim muassasalarining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik bazasi, o‘quvchi o‘rinlari va ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlar yuzasidan tizimli nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori bilan belgilangan vazifalar, xususan, mahalliy Kengashlar tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirok etdi.

Mazkur maktabda 2026-yilgi Investitsiya dasturi asosida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, tadbir davomida ta’lim muassasasining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, mavjud sharoitlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning holati o‘rganildi.

Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilmaning holati, o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish hamda qurilish ishlarining belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, 2026-yilgi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.

Slide 1 of 6