Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga javob berildi

 Deputatlik so‘roviga javob berildi

🚨 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati S.Majidovaning 2026-yil 15-avgustdagi 109-ds-398-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

🚨 Ushbu deputatlik so‘roviga Boysun tumani hokimligi tomonidan javob berildi.

🚨 Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 apreldagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini o‘rganish davomida aniqlangan muammolar, xususan, “Mustaqillik” mahallasining “Ko‘klam nafasi” ko‘chasidan o‘tuvchi ichimlik suv tarmog‘i mavjudligi va quvurlar uzoq muddat foydalanilgani sababli yaroqsiz holga kelib qolganligi, natijada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelayotgani ko‘tarilgan.

🚨 Mazkur masala tuman hokimligi va “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Boysun tuman filiali tomonidan o‘rganilgan.

🚨 O‘rganish jarayonida “Mustaqillik” mahallasi “Ko‘klam nafasi” ko‘chasidagi mavjud ichimlik suv tarmog‘i “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Boysun tuman filiali tomonidan montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.

🚨 Javob xatida ushbu montaj ishlari yakuniga yetkazilishi bilan aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan.

🚨 Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan aholi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi ta’minoti masalasi mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 4