Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq ekspert guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Ta’kidlanganidek, ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatiga ko‘maklashish, sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalarni chuqur tahlil qilish, taqdim etilayotgan hisobotlar va qaror loyihalarini o‘rganish hamda ular yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Shuningdek, ekspert guruhi tomonidan hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash, qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yig‘ilish davomida sessiya oldidan amalga oshiriladigan vazifalar ham muhokama qilinib, kun tartibiga kiritilayotgan masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlarni o‘rganish, mas’ul tashkilotlarning hisobotlarini tahlil qilish, qaror loyihalarining qonunchilik talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish hamda deputatlarga zarur ekspert xulosalarini taqdim etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Ekspert guruhi faoliyati — Kengash qarorlarining puxta va asosli qabul qilinishida muhim omil hisoblanadi.

Slide 1 of 8